Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Qirg‘iziston va Tojikiston chegaradagi vaziyatni muhokama qildi

Qirg‘iziston va Tojikiston chegaradagi vaziyatni muhokama qildi

Qirg‘iziston prezidentining Tojikiston bilan chegaradosh Botken viloyatidagi vakolatli vakili Abdikarim Alimbayev Tojikistonning So‘g‘d viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzoda bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Kabar” agentligi.

Tomonlar uchrashuvi qirg‘iz-tojik chegarasidagi Leylek viloyatida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda har ikki tomon huquq-tartibot idoralari rahbarlari, tuman hokimliklari rahbarlari, chegara xizmatlari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Tomonlar chegaradagi vaziyatni muhokama qilib, so‘ng uchta masala – chegara hududlarida yuzaga keladigan muammolarni faqat muzokaralar yo‘li bilan hal qilish, 2023 yilda qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, chegara yaqinida yashovchi aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha kelishib oldi.

Kiritildi: 14:28 03.02.2023. O'qildi: 1759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!