Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qirg‘iziston va Germaniya ikkita suzuvchi quyosh elektr stansiyasini yaratish bo‘yicha kelishuv imzoladi

A A A
Qirg‘iziston va Germaniya ikkita suzuvchi quyosh elektr stansiyasini yaratish bo‘yicha kelishuv imzoladi

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Sadir Japarov rasmiy tashrif bilan bo‘lgan Germaniyada prezident Frank-Valter Shtaynmayer va kansler Olaf Shols bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazgan.

Japarov Prezident Shtaynmayer bilan uchrashuvda Qirg‘izistonda aholi farovonligini oshirish, iqtisodiyotni mustahkamlash va qulay sarmoyaviy muhit yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida gapirdi.

Qirg‘iziston prezidenti Germaniya kansleri Shols bilan yakkama-yakka uchrashuvda qirg‘iz-german hamkorligini yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidlab, «Biz nemis korxonalarining iqtisodiyotimizdagi ishtirokini olqishlaymiz», dedi.

Muzokaralar natijasida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va Germaniyaning bir qator ixtisoslashgan kompaniyalari o‘rtasida 2 ta suzuvchi quyosh elektr stansiyasini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Kiritildi: 08:03 27.11.2024. O'qildi: 787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!