Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘iziston o‘t ochmaslikni so‘ramoqda, Tojikiston esa to‘xtamayapti

A A A
Qirg‘iziston o‘t ochmaslikni so‘ramoqda, Tojikiston esa to‘xtamayapti

Tojikiston harbiylari Qirg‘izistonning chegarada o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi talablarini e’tiborsiz qoldirmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti agentligiga Qirg‘iziston chegara xizmati.

«Qirg‘iz tomonining o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi talablari tojik harbiylari tomonidan e’tiborsiz qolmoqda», — dedi matbuot xizmati vakili.

Departament, shuningdek, ikki davlat chegarachilari o‘rtasidagi mojaroning boshlanishi tafsilotlarini ham aytib berdi.

Qirg‘iziston chegara agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni taxminan 17:50 (Toshkent vaqti bilan 14:50) da Tort-Kocho hududiga tinch aholi tosh ortilgan yuk mashinalarida yetib kelgan. Tojikiston fuqarolari toshlarni tushirib, Botken-Isfana avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘yishdi. Ularga tojik chegarachilari hamrohlik qilgan. Shundan so‘ng ikki respublika chegara vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va shundan so‘ng avtomagistral transport harakati uchun ochildi. Biroq masala hal bo‘lganiga qaramay, tojik tomoni chegaraning boshqa bir qismidagi Chir-Dobo hududida Qirg‘iziston harbiy xizmatchilariga qarata minomyot va granatadan o‘t ochgan. Shundan so‘ng tojik chegarachilari Tort-Kocho hududida qirg‘iz harbiylariga qarshi qurol ishlatgan.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasi vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi va ikki davlat chegarachilari o‘rtasidagi to‘qnashuv hududiga aylanib bormoqda. Buning sababi, davlatlar o‘rtasidagi chegara qanday o‘tishini aniqlab bo‘lmaydigan delimitasiya qilinmagan hududlardir.

Kiritildi: 21:56 27.01.2022. O'qildi: 3080 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!