Bugun 6 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘iziston o‘g‘it eksportiga taqiq qo‘ymoqchi

A A A
Qirg‘iziston o‘g‘it eksportiga taqiq qo‘ymoqchi

Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi mineral o‘g‘itlarni mamlakatdan olib chiqishni vaqtinchalik taqiqlashni taklif qilmoqda. Vazirlik tomonidan tegishli qaror loyihasi Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasining muhokamasiga kiritildi. Bu haqda “Economist” xabar berdi.

Mazkur chora mamlakat fermerlarini 2024 yilgi bahorgi dala ishlari davrida o‘g‘itlar bilan to‘liq ta’minlash uchun zarur. Hujjatda keltirilgan prognozga ko‘ra, Qirg‘izistonda 2024 yilda jami ekin maydonlari 1232 ming gektarni, respublikaning mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan yillik ehtiyoji esa 286 ming tonnani tashkil etadi.

Qirg‘iziston Respublikasiga bahorgi dala ishlari uchun har yili 30-40 ming tonna mineral o‘g‘it keltiriladi. O‘g‘itlarning mamlakatdagi umumiy strategik zaxirasi esa ekish boshida kamida 45-50 ming tonna bo‘lishi kerak.

Ammo, Qirg‘izistonning janubiy viloyatlarida dala ishlari boshlanar ekan, o‘g‘itlarning boshqa mamlakatlarga reeksport qilinishi oqibatida o‘g‘it yetishmovchiligi yuzaga keladi.

Shu munosabat bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qirg‘iziston Respublikasi fermerlarini zarur hajmdagi o‘g‘itlar bilan ta’minlash maqsadida ularni mamlakatdan olti oyga olib chiqishni taqiqlashni taklif qilmoqda.

Kiritildi: 22:32 05.12.2023. O'qildi: 1101 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!