Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegaradosh qishloqlardan aholini evakuasiya qilmoqda

A A A
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegaradosh qishloqlardan aholini evakuasiya qilmoqda

Evakuasiya qilinayotgan kishilar Botken va Ravot qishlog‘iga jo‘natilmoqda.
Botken viloyati FVV bo‘linmasi favqulodda holat rejimiga o‘tkazilib, Chegaraga yaqin qishloqlar aholisi evakuasiya qilinmoqda.

Qirg‘izistondagi Samarqanddek qishlog‘i aholisi uylarini tashlab, Ravot qishlog‘i tomon yo‘l olishmoqda, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
Evakuasiya qilinayotgan kishilar Botken va Ravot qishlog‘iga jo‘natilmoqda, 60ta oila maktabga joylashtirildi.
Qirg‘iziston chegara xizmatining ma’lum qilishicha, Tojikiston tomoni elektr uzatish liniyalarini mo‘ljalga olib minomyotlardan o‘q otmoqda - Sputnik Kg.
Chegarada otishma to‘xtamayapti. Tojikiston tomoni o‘t ochishni to‘xtatishni so‘radi, biroq o‘zi o‘q uzishda davom etmoqda, demoqda Qirg‘iz chegara xizmati.
Qirg‘izistonning Botken viloyati va Tojikistonning So‘g‘d viloyati hokimlarining chegaradagi vaziyat bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Bundan oldin SputnikTj tojik-qirg‘iz chegarasidagi otishmada 6 kishi yaralandi, ularning barchasi Tojikiston fuqarolari.

Kiritildi: 23:20 27.01.2022. O'qildi: 2763 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!