So‘nggi to‘rt yil ichida Qirg‘iziston maxsus xizmatlari xodimlari prezident Sadir Japarovning hayotiga ikki marta suiqasd qilishning oldini oldi, dedi respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu vaqt ichida o‘ziga qarshi besh-oltita suiqasdga tayyorgarlik ko‘rilgan.
«To‘rt yildan ziyod vaqt davomida, mamlakatimiz maxsus xizmati rahbari lavozimida beshinchi yilni ishlamoqdaman. Shu muddat ichida prezidentimizga qarshi ikki marta suiqasd tayyorlanganini aniqladik va uning oldini oldik,» - dedi Toshiyev matbuot anjumanida.
«Menga qarshi 5-6 urinish tayyorlandi. Ular hatto men yuradigan yo‘lni portlatib yuborishga tayyorlanishayotgan edi. Maxsus xizmatlar va polisiyaning hushyorligi ularning rejalarini amalga oshirishga imkon bermadi», — dedi u.