Tojikiston va Qirg‘iziston qurolli kuchlari o‘rtasidagi chegaradagi mojaroda Tojikiston fuqarosi halok bo‘ldi. Qirg‘iziston tomonidan otilgan snaryad uning uyiga kelib tushgan, deb xabar bermoqda "Azia-Plyus".
Xo‘jai A’lo qishlog‘ida yashovchi Obidchon To‘ychiyev harbiy to‘qnashuv qurboni bo‘ldi – u olgan jarohatlaridan vafot etdi.