Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining chegaradagi mojaro qanday boshlangani bo‘yicha bayonoti

A A A
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining chegaradagi mojaro qanday boshlangani bo‘yicha bayonoti

—Soat 17:50 da tosh ortilgan yuk mashinalarida tinch aholi Tort Kocho hududiga yetib keldi. Tojikiston fuqarolari toshlarni tushirib, Botken-Isfana avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘yishgan. Ularga tojik chegarachilari hamrohlik qilgan;

— Ikki respublika chegara vakillarining uchrashuvidan so‘ng avtomagistral transport harakati uchun ochildi. Biroq, masalaning hal etilishiga qaramay, Tojikiston tomoni chegaraning Chir-Dobo hududidagi boshqa qismida Qirg‘iziston harbiy xizmatchilariga minomyot va granatadan o‘t ochgan;

— So‘ngra tojik chegarachilari Tort-Kocho hududida qirg‘izistonlik harbiy xizmatchilarga qarshi qurol ishlatgan;

Tojikiston tomoni elektr uzatish liniyalari va chegara postlarini minomyotlardan o‘qqa tutmoqda. Qirg‘iziston tomonining o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi talablari tojik harbiylari tomonidan e’tiborsiz qolmoqda.

Kiritildi: 22:01 27.01.2022. O'qildi: 3357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!