Qirg‘iziston 25 yanvar kuni kuzatilgan elektr energiyasidagi uzilish tufayli Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimidan chiqdi. Bu haqda «24.kg» xabar berdi.
Keltirilishicha, Qirg‘iziston Energetika vazirligi matbuot kotibi Jiyde Zootbekova bu bo‘yicha ma’lumot bergan. U mamlakat energiya halqasidan chiqqanidan so‘ng Qirg‘izistonda elektr ta’minotini bosqichma-bosqich tiklash boshlanganini qayd etgan.