Mamlakat kartoshka eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Qirg‘iziston Respublikasi Suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bunday chora ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarida chayqovchilikning oldini olishga, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga va oziq-ovqat mahsulotlari narxining asossiz oshib ketishining oldini olishga yordam beradi.
Qirg‘iziston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Vazirlar kabineti raisining o‘rinbosari – suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri Baxit Toroboyev tegishli davlat organlari va idoralariga oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini monitoring qilish bo‘yicha topshiriq berdi.