Ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘iziston chegarasidan o‘tayotgan payt O‘zbekiston fuqarolaridan maxsus ishonchnoma ya’ni "Generalniy doverennost" talab qilanayotgani haqida xabar tarqalgan.
Holatga So‘x tumani hokimligi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirildi.
Mas’ullarning ma’lum qilishicha, Qirg‘iziston tomon bilan ushbu masala yuzasidan gaplashilgan va 10 mayga qadar ushbu ortiqcha hujjatlar eksklav hududlar aholisidan so‘ralmasligi ma’lum qilindi.
"Ma’lumki, mazkur tartib faqat so‘xliklar uchun emas, aslida barcha xorij fuqarolari uchun Qirg‘iziston tomonidan joriy etilgan. Ammo O‘zbekistonning eksklav hududlarini hisobga olib, ushbu tartib muddatini uzaytirish hamda tatbiq etilmaslik bo‘yicha muzokalar olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.