Jinoyatchi xalqaro ekstremistik tashkilotga qo‘shilib, uning yetakchilaridan biriga aylangan.
Hibsga olingan shaxs O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlaridan yashirinib, xalqaro ekstremistik tashkilotga qo‘shilgan va u yerda terrorchilik harakatlarini sodir etish va tayyorlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarda ishtirok etib, tashkilot yetakchilaridan biriga aylangan edi. Jinoyatchini qo‘lga olish Toshkent va Kishinyov Interpol Milliy Markaziy byurolarining birgalikdagi harakatlari va tezkor-axborot almashinuvi tufayli amalga oshirildi.
Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari boshchiligida diniy-ekstremistik faoliyatga aloqadorligi uchun qidirilayotgan jinoyatchi Kishinyov shahridan Toshkentga yetkazildi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Moldovaning vakolatli organlari tomonidan ekstradisiya masalasi ijobiy hal etilganidan so‘ng, qidirilayotgan shaxs sud oldida javob berish uchun O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirildi.