Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi organlari tomonidan qarzdorlikni undirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar qat’iy va izchil davom etmoqda.
Qarshilik qarzdor U.X.dan ma’muriy jarimalarni undirish bilan bog‘liq jami 17 ta ijro hujjati ish yurituvda mavjud.
Shuningdek, Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining 26.09.2024 yildagi qaroriga asosan qarzdordan jabrlanuvchi D.U. foydasiga 10,3 million so‘m moddiy zarar undirilishi belgilangan edi.
Biroq qarzdor belgilangan majburiyatlarni to‘liq bajarmagan. 9.11.2024 yilda davlat ijrochilari tomonidan uning avtomashinasiga nisbatan ta’qiq chorasi qo‘llanilib, qidiruv e’lon qilingan.
Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu avtotransport vositasi nosoz va achinarli holatda topildi. Mulkka tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli qonuniy choralar ko‘rilmoqda.
Ixtiyoriy ravishda qarzini to‘lagan inson orom va ishonch topadi, qonundan qochgan esa baribir uning adolatli qo‘liga duch keladi.