Bugun 12 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

EI: Tojikiston Putinni hibsga olish bo‘yicha majburiyatini bajarmadi

EI: Tojikiston Putinni hibsga olish bo‘yicha majburiyatini bajarmadi

Evroittifoq vakiliga ko‘ra, Tojikiston XJSning Putinni hibsga olish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmadi.

Xalqaro jinoiy sud order berganiga qaramay, Rossiya prezidenti Tojikistonda qo‘lga olinmadi. Tojikiston Xalqaro Jinoyat Sudning ishtirokchisi bo‘lgan davlat sifatida Nizomdagi hibsga olish orderini bajarish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan. Bu haqda Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar xizmati matbuot kotibi Anitta Xipper ma’lum qildi.

"Evropa Ittifoqi Rossiyaning bosqinchilik urushi davrida sodir etilgan barcha jinoyatlar, inson huquqlari buzilishi va qonunbuzarliklari uchun xalqaro huquq doirasida javobgarlikni ta’minlash, qurbonlarning adolatga bo‘lgan huquqlari, tovon to‘lovi va takrorlanmaslik kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi. Shu munosabat bilan Yevropa Ittifoqi Xalqaro jinoiy sud prokurori tomonidan Ukrainada olib borilayotgan tergovlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va barcha davlatlarni hamkorlikka chaqiradi", deyiladi bayonotda.

2023 yilning 17 martida Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar huquqlari bo‘yicha komissar Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergandi. Ular ukrainalik bolalarni deportasiya qilishda ayblanmoqda.

Lekin Tojikistondan avval Putin Mo‘g‘ulistonda ham qamalmadi.

Kiritildi: 13:22 11.10.2025. O'qildi: 890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!