Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qidiruvdagi “Hongqi” avtomashinasi qarzdorlikni qoplash uchun auksionga chiqarildi

Qidiruvdagi “Hongqi” avtomashinasi qarzdorlikni qoplash uchun auksionga chiqarildi

Agar qarzdor ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlikni belgilangan ixtiyoriy muddatda to‘lamasa, amaldagi qonunchilikka muvofiq uning mol-mulkiga undiruv qaratilishi mumkin.

Jumladan, qarzdor B.B.ning bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagani sababli, sud tomonidan kredit qarzdorligini garov mulki — “Hongqi” rusumli avtomashinasi hisobidan undirish to‘g‘risida ijro varaqasi chiqarilgan.

Biroq mazkur avtomashina sud hujjatida ko‘rsatilgan manzilda aniqlanmaganligi sababli, u bo‘yicha qidiruv e’lon qilingan. Qidiruv tadbirlari davomida avtomashina YXHB xodimlari bilan hamkorlikda Jizzax shahri hududida harakatlanayotgani aniqlanib, belgilangan tartibda ushlandi va jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Keyinchalik ushbu avtomashina ochiq auksion savdolariga qo‘yilib, sotuvdan tushgan mablag‘lar hisobidan mavjud qarzdorlikni qoplash choralari ko‘riladi.

Qarzdorlikni o‘z vaqtida ixtiyoriy ravishda to‘lang — mol-mulkingizni saqlab qoling!

Kiritildi: 12:45 15.04.2026. O'qildi: 833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!