Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qaysi toifagi shaxslarga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensasiya to‘lanadi?

A A A
Qaysi toifagi shaxslarga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensasiya to‘lanadi?

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2010 yil 30 dekabrdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensasiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, quyidagi shaxslar pensiyani hisoblash bazaviy miqdori (hozirgi kunda 372 ming so‘m)ning 45 foizi miqdorida oylik kompensasiya pul to‘lovlari oluvchilari hisoblanadi:

✅ 1. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensiya yoki nafaqa oluvchilar.

✅ 2. Ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

✅ 3. Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar.

✅ 4. 1941 – 1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar.

Shuningdek, yoshi 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan pensiya oluvchi shaxslar uchun har oyda — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilangan.

Kiritildi: 11:48 17.02.2024. O'qildi: 1346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!