Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qaysi rangdagi avtomobillar ko‘pligi ma’lum bo‘ldi

Qaysi rangdagi avtomobillar ko‘pligi ma’lum bo‘ldi

2024 yilda dunyoda qaysi rangdagi avtomobillar eng ommalashgani ma’lum bo‘ldi. So‘nggi yillarda avtohavaskorlarning didi o‘zgarishni boshlab, xilma-xil, ayniqsa, yorqin ranglar urfga kirmoqda, deb yozdi Motor1 sayti.

Oq — hamon eng ommalashgan avtorang bo‘lib qolmoqda, jahonda bu tusdagi mashinalarning ulushi — 34 foiz. Qora rang — ikkinchi (22 foiz), kulrang — uchinchi o‘rinda (17 foiz). Shuning barobarida, yashil, sariq va binafsharang kabi yorqin ranglar urfga kirmoqda.

Ranglar mintaqalarga qarab farqlanadi. Yevropada qaymoqrang avtomobillar ommalashgan, AQShda — kulrang, Janubi-Sharqiy Osiyoda qora rangli mashinalar ko‘paymoqda.

2024 yilda jahonda eng ommalashgan avtomobil ranglari:

  1. Oq — 34 foiz
  2. Qora — 22 foiz
  3. Kulrang — 17 foiz
  4. Ko‘k — 7 foiz
  5. Qizil — 4 foiz
  6. Yashil — 2 foiz
  7. Sariq — 1,5 foiz
  8. Jigarrang — 1 foiz
  9. Qaymoqrang — 1 foiz
  10. Binafsharang — 1 foiz.
Kiritildi: 13:03 14.02.2025. O'qildi: 1464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!