Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Qaysi mahsulot umrni uzaytiradi?

A A A
Qaysi mahsulot umrni uzaytiradi?

Kardiologlarning fikriga ko‘ra, umr davomiyligini uzaytirish uchun ikki mahsulot o‘rniga zaytun yog‘ini iste’mol qilish kerak.
Umrni oziq-ovqat mahsulotlari yordamida uzaytirish mumkin. Buning uchun mayonez va margarinni zaytun yog‘iga almashtirish kerak xolos. Bu haqida kardiologlar, Garvard tibbiyot fakulteti vakillari Amerika kardiologiya kolleji jurnaliga ma’lum qildi.
Yurak-qon tomir kasalliklarining kelib chiqishida oziq-ovqat mahsulotlarining ahamiyati bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotda 90 mingdan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etgan.
Aniqlanishicha, 10 gr margarin, mayonez yoki sariyog‘ni xuddi shu miqdordagi zaytun yog‘iga almashtirilsa, yurak-qon tomir kasalliklarining kelib chiqish xavfi kamayadi.
Garvard olimlarining ma’lumot berishicha, zaytun yog‘ini tez-tez iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklaridan kelib chiqadigan o‘lim holatlarini 19%ga kamaytiradi.
Shuningdek, zaytun yog‘i saraton kasalligi kelib chiqish xavfini 17%ga kamaytiradi.

Kiritildi: 23:15 14.05.2022. O'qildi: 4853 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!