Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qaysi kasallikda o‘rik iste’mol qilish mumkin emas?

Qaysi kasallikda o‘rik iste’mol qilish mumkin emas?

O‘rik mevasining yangi uzilgani ham, quritilgani ham ko‘plab foydali moddalarni o‘z ichiga oladi.

Allergiya, oshqozon yarasi, gastrit, endokrin tizimi, buyrak yoki yurak kasalliklariga chalinganlar o‘rik mevasini iste’mol qilishdan voz kechgani ma’qul, deya fikr bildirdi Gazeta.Ru nashrining maqolasida "INVITRO-Ural" terapevti Marina Konstantinova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘rik foydali mevalar turiga kiradi, lekin uni me’yoridan ortiq iste’mol qilmaslik kerak. Kuniga 200-300 g iste’mol qilish maqbuldir.

"O‘rik mevasining yangi uzilgani ham, quritilgani ham ko‘plab foydali moddalarni o‘z ichiga oladi: B, S, Ye, K vitaminlari, nikotin kislotasi, mikroelementlar (magniy, kalsiy, kaliy, temir, yod, fosfor), organik kislotalar (limon, qahrabo, olma kislotalari). O‘rik tarkibida, shuningdek, glyukoza, saxaroza, fruktoza, oshlovchi moddalar, pektinlar, flavonoidlar va biriktiruvchi to‘qimalar bor”, — deya qo‘shimcha qildi shifokor.

100 g o‘rik tanadagi kaliyning kunlik dozasining 70% ni to‘ldiradi.

Shifokor ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rik ichak faoliyatini, qon aylanish tizimini yaxshilashga, qon tomirlari devorlarini mustahkamlashga, umumiy mustahkamlovchi ta’sirga ega va antioksidant hisoblanadi.

Ammo bu mevaning ortiqcha iste’mol qilinmagani ma’qul. Danagining tarkibida organik zahar – sianid kislotasi manbai bo‘lgan amigdalin moddasi mavjud. Ko‘p miqdorda iste’mol qilinganda, u zaharlanishga olib kelishi mumkin.

Meva danaklarini iste’mol qilish mumkin, ammo kam miqdorda. Faqat oshqozon-ichak kasalliklari tufayli, shuningdek, bolalar va homilador ayollarga o‘rik mevasi danagini iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi.

Kiritildi: 23:33 06.06.2023. O'qildi: 2929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!