"Qayrat" darvozaboni Sherxan Kalmurza Chempionlar ligasining seshanba kungi o‘yinida "Real"dan beshta gol o‘tkazib yubordi. 18 yoshli darvozabonni yomon o‘yin o‘tkazdi deb bo‘lmaydi, shunchaki, darajalar o‘rtasidagi farq juda katta edi.
Qozog‘istonlik tadbirkor Ulug‘bek Sharipov o‘yindan so‘ng "Qayrat" darvozaboniga avtomobil sovg‘a qildi. Tegishli videoni Sharipov ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.
Videodan ko‘rish mumkinki, Kalmurza avvaliga unga chindan ham mashina sovg‘a qilishganiga ishongisi kelmagan.
«Men senga javob beraman, bu sening yangi "aravachang." Kichik sovg‘a. Sen juda zo‘rsan, bizga juda ko‘p his-tuyg‘ularni had’ya etding. Asosiysi - to‘xtama», - dedi Sharipov.