Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qator banklar jismoniy shaxslar bilan operasiyalarni vaqtincha to‘xtatmoqda

A A A
Qator banklar jismoniy shaxslar bilan operasiyalarni vaqtincha to‘xtatmoqda

"Asia Alliance Bank" aksiyadorlik tijorat banki infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida mijozlarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) bank ofislariga tashriflar sonini kamaytirishni va masofaviy bank kanallaridan, shu jumladan. Internet-banking, “ MyAlliance” mobil ilovasi, bankomatlar va bankning avtomatlashtirilgan depozit mashinalaridan foydalanishni tavsiya qiladi. Bankning qayd etishicha, tushlik vaqtida va zaruriyatga qarab, dezinfeksiya uchun bank va filiallar binosi vaqti-vaqti bilan yopilishi mumkin. Shuningdek, bank jismoniy shaxslar uchun chakana kreditlash operasiyalarini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan.

Ipak Yo‘li banki esa jismoniy shaxslarni kreditlash 2020 yil 24 martdan 2020 yil 1 apreliga qadar vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berdi. Mikroqarzlarni Ipak Yo'li Mobile orqali olish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Kiritildi: 14:40 24.03.2020. O'qildi: 2716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!