Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Qatar va Misr Isroil hamda HAMASga besh-etti yilga sulh tuzishni taklif qildi

Qatar va Misr Isroil hamda HAMASga besh-etti yilga sulh tuzishni taklif qildi

Qatar va Misr Isroil hamda HAMASga besh-etti yilga sulh tuzishni taklif qildi. Bu haqda BBC News xabar berdi.

Nashrining yuqori martabali falastinlik rasmiyga tayanib xabar berishicha, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilayotgan Qatar va Misr vakillari o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi kelishuv variantini taklif qilishdi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, taklif besh yildan etti yilgacha davom etuvchi sulhni, Isroilning barcha garovga olingan fuqarolarini falastinlik mahbuslarga almashtirishni, urushning rasman tugatilishini va Isroil harbiylarining G‘azo sektoridan to‘liq chiqib ketishini o‘z ichiga oladi.

Muzokaralarning borishi bilan tanish bo‘lgan falastinlik rasmiyga ko‘ra, HAMAS G‘azo sektorini boshqarishni “milliy va mintaqaviy darajada kelishilgan” istalgan falastinlik tashkilotga topshirishga tayyor. Isroil vositachilar taklif qilgan rejaga hozircha izoh bermagan.

Kiritildi: 13:50 22.04.2025. O'qildi: 625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!