Bugun 11 fevral, 2025 yil, seshanba

КИР

Qatar Netanyaxuning Saudiya Arabistoni haqidagi fikrlarini qoraladi

Qatar Netanyaxuning Saudiya Arabistoni haqidagi fikrlarini qoraladi

Qatar Tashqi ishlar vazirligi Isroil bosh vazirining Saudiya Arabistoni hududida Falastin davlatini tashkil etish to‘g‘risidagi "provokasion bayonotlari"ni qattiq qoraladi.

Fors ko‘rfazi mamlakati bu fikrlarni "xalqaro huquqning ochiqdan-ochiq buzilishi va BMT Ustavining aniq buzilishi" deb baholaydi hamda xalqaro hamjamiyatni Isroilning provokasion xatti-harakatlariga qat’iy qarshilik ko‘rsatishga chaqiradi, deb ta’kidlandi vazirlik bayonotida.

Qatar ta’kidlashicha, falastinliklarni majburiy ko‘chirish borasidagi chaqiriqlar "tinchlik o‘rnatish sa’y-harakatlariga to‘sqinlik qiladi va mintaqadagi vaziyatni yanada keskinlashtiradi". Shuningdek, "Falastin xalqi o‘z yerida suverenitetni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, adolatli va barqaror tinchlikka erishib bo‘lmaydi" degan fikr alohida ta’kidlandi.

"Bundan tashqari, Vazirlik Qatar Davlatining Falastin masalasining qonuniyligi va adolatliligini hamda qardosh Falastin xalqining qonuniy huquqlarini, jumladan 1967 yilgi chegaralar doirasida Sharqiy Quddusni poytaxt qilib, mustaqil davlatlarini barpo etish huquqini qo‘llab-quvvatlashdagi qat’iy pozisiyasini yana bir bor tasdiqlaydi."

Isroil mansabdorlari Saudiya Arabistoni hududida Falastin davlatini tashkil etishni taklif qildi.

Kiritildi: 23:00 09.02.2025. O'qildi: 3766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!