Bugun 25 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Qatar Isroilni UEFA musobaqalaridan chetlatish uchun butun dunyo futbol rasmiylariga bosim o‘tkazmoqda — Israel Hayom

Qatar Isroilni UEFA musobaqalaridan chetlatish uchun butun dunyo futbol rasmiylariga bosim o‘tkazmoqda — Israel Hayom

Bu masala Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UEFA) ijroiya qo‘mitasining ertaga, 23 sentyabr kuni bo‘ladigan yig‘ilishida ovozga qo‘yilishi kutilmoqda. Hozircha 20 ta davlat Isroilning UEFA turnirlaridagi ishtirokiga qarshi chiqqani, ularga yana 2-3 davlat qo‘shilishi mumkinligi ma’lum. UEFA'ga 55 mamlakat a’zo.

"Isroil hukumati va mamlakat futbol assosiasiyasi ovoz berishni to‘xtatish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Aks holda, Isroil Rossiya kabi faqat o‘rtoqlik o‘yinlari bilan cheklanib qolishi mumkin", deya yozmoqda Israel Hayom.

Agar taqiq kuchga kirsa, Isroil terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati saralashida ishtirok etolmaydi, mamlakat klublari esa UEFA Yevropa ligasi va boshqa turnirlardan chetlashtiriladi.

Kiritildi: 18:40 22.09.2025. O'qildi: 728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!