Qatar milliy aviakompaniyasining Qatar Airways samolyoti Suriyada hokimiyat almashganidan so‘ng Doha-Damashq yo‘nalishi bo‘yicha ilk tijoriy parvozni amalga oshirdi.
Bu haqda Qatar bosh vaziri maslahatchisi, tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Majid bin Muhammad al-Ansoriy ma’lum qildi.
"Bugun Damashq xalqaro aeroportiga birinchi tijoriy samolyot yetib keldi. Bu Qatar Airways aviakompaniyasining Dohadan soat 10:05da havoga ko‘tarilgan samolyoti", - dedi u brifingda. Qatar tashqi ishlar vazirligi vakiliga ko‘ra, samolyot bortida 200 kishi bo‘lgan.
Al-Ansoriy ta’kidlaganidek, 6 yanvar kuni Qatar qurolli kuchlarining sakkizinchi samolyoti bortida gumanitar yordam bilan Damashqqa qo‘ndi. Uning ta’kidlashicha, Damashqdagi hokimiyat almashganidan keyin Qatardan Suriyaga yetkazilgan yordamning umumiy hajmi 231 tonnani tashkil qilgan.