Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Qashshoq mamlakatlarning qarzi tarixdagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi

A A A
Qashshoq mamlakatlarning qarzi tarixdagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi

2023 yilda past daromadli mamlakatlarning qarz to‘lovlari 1998 yildan beri eng yuqori darajaga yetadi. Bu haqda Debt Justice xabar berdi.

Eng past daromadli 91 mamlakat uchun tashqi qarz to‘lovlari 2023 yilda o‘rtacha davlat daromadlarining kamida 16,3 foizini tashkil etadi. 2024 yilda esa bu ko‘rsatkich 16,7 foizga oshadi.

Britaniyaning Debt Justice xayriya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1998 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Yuqori qarz to‘lovlari davlat xarajatlarining kamayishi bilan bog‘liq. Oxirgi marta to‘lovlar shunchalik yuqori bo‘lganida, dunyo yetakchilari eng ko‘p qarzga ega, daromadi past bo‘lgan mamlakatlar uchun qarzdan xalos bo‘lish sxemasini yaratgan. Bu esa ularning qarzini 60—80 foizi bekor qilinishiga olib kelgan.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022—2024 yillarda davlat daromadlarining 30 foizdan ortiq tashqi qarz to‘lovlari bo‘lgan davlatlar qatoriga Shri-Lanka, Laos, Pokiston, Zambiya va Dominika kiradi.

2022-2024 yillarda davlat qarzining to‘lov muddatigacha bo‘lgan maksimal o‘rtacha darajasi Shri-Lanka (78,3 foiz), Laos (57,3 foiz), Dominika (54,6 foiz), Pokiston (43 foiz) va Zambiyada (38,9 foiz) qayd etilgan.

Kiritildi: 23:43 12.04.2023. O'qildi: 4665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!