Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Qashqadaryodagi metan "zapravka"da mashina portlab ketdi

A A A
Qashqadaryodagi metan "zapravka"da mashina portlab ketdi

Bugun, 6 may kuni soat 9:30 larda Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Konchilar mahallasi hududida joylashgan avtomobillarga gaz (metan) quyish shoxobchasida oq rangli, Nexia-2 rusumli avtomobilning gaz balloniga gaz quyish vaqtida yorilish (portlash) sodir bo‘ldi.

Viloyat IIB bergan xabarga ko‘ra, hodisa natijasida avtomobil orqa qismi to‘liq shikastlangan, voqea joyida yong‘in sodir bo‘lmagan.

Avtomashina yaqinida bo‘lgan 1 nafar fuqaro yengil darajada tan jarohati olgan va zudlikda tuman Tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.

Hozirda holat bo‘yicha tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 20:47 06.05.2023. O'qildi: 2988 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!