Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qashqadaryodagi maktabda sinfxonalarning sovuq va qorong‘i ekanligi aytildi

A A A
Qashqadaryodagi maktabda sinfxonalarning sovuq va qorong‘i ekanligi aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Sinfxona sovuq, qorong‘i. Maktab ta’mirlansa yaxshi bo‘lardi—Dehqonobod» mazmunidagi murojaat yuzasidan rasmiy munosabat:

Dehqonobod tumanidagi 77-umumiy o‘rta ta’lim maktab binosi 1973 yilda qurilgan. Quvvati 420 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda maktabda 815 nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olmoqda, maktab binosining navbatlilik koeffitsiyenti 1,9 ni tashkil etadi. Murojaat muallifining qizi 4—«a» sinf o‘quvchisi X. A. aynan videoda ko‘rsatilgan sinfda tahsil oladi.

Murojaatchi G.R. maktabning eski va ta’mirtalab ekanligidan norozi bo‘lgan. Holat yuzasidan 2024 yil 28 fevral maktabga tuman hokimligi vakillari va bo‘lim mas’ul xodimlari maktabning qo‘shimcha binosidagi ijtimoiy tarmoqda ko‘rsatilgan kamchiliklarni o‘rganildi.

✔️Maktabning qo‘shimcha binosida 2 ta qozonxona mavjudligi va ushbu binoda 2 navbatda 11 ta sinf tahsil olayotganligi ma’lum bo‘ldi. Maktab kuzgi qishki mavsumni betalofat o‘tkazishi uchun 50 tonna ko‘mir zaxirasi olingan bo‘lib, mas’ul ishchi xodimlar tomonidan muntazam ravishda isitish qozonlarining barqaror ishlashlari ta’minlanib kelinmoqda.

✔️Maktabga qo‘shimcha bino qurish va mavjud binoni mukammal ta’mirlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi «Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 241-sonli qarorining 1-ilovasida «2022-2026 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari» belgilangan.

❗️Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga Dehqonobod tumani Nodira MFYda joylashgan 77-umumta’lim maktabiga qo‘shimcha bino qurish va mavjud binoni mukammal ta’mirlash to‘g‘risida taklif berilgan bo‘lib, 2024 yilda maktab binosini to‘liq ta’mirlash va 300 o‘rinli qo‘shimcha maktab binosi qurish ko‘zda tutilgan.Hozirda Pudratchi tashkiloti tanlash bo‘yicha elektron tendirga qo‘yilganligini ma’lum qilindi.

Kiritildi: 22:23 28.02.2024. O'qildi: 1167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!