Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda xashak sotish uchun mo‘ljallangan ayvon va yuk mashinasi yonib ketdi

A A A
Qashqadaryoda xashak sotish uchun mo‘ljallangan ayvon va yuk mashinasi yonib ketdi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida xashak sotish uchun mo‘ljallangan ayvon yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 23 iyun kuni soat 16:34 larda Qarshi tumani “Tinchlik” MFY Yangiobod ko‘chasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga qutqaruv xizmatidan jami 3 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi va 1 ta suv tashishga mo‘ljallangan avtomobil (vodovoz) jalb etilgan. Kuch-vositalar yong‘inga soat 16:42 larda yetib borib, soat 17:10 larda to‘liq o‘chirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in oqibatida fuqaro X.O‘.ning yashash uyi oldida chorva mollariga xashak sotish uchun mo‘ljallangan ayvonining 50 metr kvadrat tom qismi va yonida turgan “GAZ-53” va ustiga ortilgan somon bog‘lamlari (press) yongan. Yong‘in oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda.

Kiritildi: 21:48 23.06.2023. O'qildi: 2014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!