Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida janjal kelib chiqqani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 17 oktyabr kuni Qarshi shahrida joylashgan 32-sonli o‘rta ta’lim maktabining algebra fani o‘qituvchisi M.M. (ayol) va 10 “B” sinf o‘quvchisi E.O‘. (2008 yilda tug‘ilgan qiz) o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, og‘zaki tortishib qolishgan.
Shundan so‘ng, o‘qituvchi M.M. o‘quvchi E.O‘.ni yuz sohasiga urgan, o‘quvchi qiz ham qo‘l ko‘tarmoqchi bo‘lganida birgalikda yiqilib tushishgan.
Qarshi shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, M.M. va E.O‘. larning xatti-harakatlariga chora ko‘rish uchun mazkur ish materiallari MJtKning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan sudga yuborilgan.