Bugun 27 sentyabr, 2022 yil, seshanba

КИР

Qashqadaryoda unashtirilgan qizi bilan uchrashuvga borgan yigitni urib o‘ldirishdi. 2 kishi qo‘lga olingan, qolganlari hali ozodlikda ekanligi aytilmoqda (VIDEO)

Qashqadaryoda unashtirilgan qizi bilan uchrashuvga borgan yigitni urib o‘ldirishdi. 2 kishi qo‘lga olingan, qolganlari hali ozodlikda ekanligi aytilmoqda (VIDEO)

Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Galabek qishlog‘ida ayanchli voqea sodir bo‘ldi.

"Millar" dasturida aytilishicha, joriy yilning 11 avgustidan 12 avgustiga o‘tar kechasi Chiroqchi tumanining Galabek qishlog‘ida 22 yoshli yigit unashtirilgan qizi bilan uchrashuvga borgan. Uchrashuvdan qaytayotganida esa bir guruh yigitlar ularni ta’qib qilishgan.

Marhumning sinfdoshining ta’kidlashicha, o‘rtada janjal chiqqan va 22 yoshli yigit ayovsiz do‘pposlangan. Do‘pposlaganlar esa qochib ketishgan. Tez yordam chaqirishgan, ammo yigitning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Qashqadaryo viloyati IIBning ma’lumot berishicha, voqea yuzasidan ikki kishi hibsga olingan. Lekin guvohlar marhumni kamida yigirma kishi do‘pposlaganini aytmoqda.

"Bola hushidan ketib yiqilganidan keyin ham uni ko‘pchilik bo‘lib do‘pposlashgan. Kamida yigirma kishi do‘pposlagan. Jigar, yurak, o‘pkagacha ezib tashlashgan. Ikki kishini ushlabdi. Qolganlarchi?" , – deydi "G‘allabek" MFY raisi G‘ulom Mamatov.

Bugun marhumning onasi chuqur iztirobda.

"Bolamning jasadini ko‘rganimda boshidan asar ham qolmagandi. Uni bir kishi urmagan", deydi ona. Marhumning otasi esa aybdorlar qonuniy jazo olishi kerakligini ta’kidladi. U ikki kishigina qamoqqa olinganidan norozi. Qolgan aybdorlar ham jazolanishini istamoqda.

Voqealar rivojini kuzatamiz. Umid qilamizki, mazkur jinoyatning barcha aybdorlari qo‘lga olinib, tegishli jazo qo‘llaniladi.

Kiritildi: 00:06 17.08.2022. O'qildi: 7384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!