Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryoda soxta aksiyalarni pullab moliyaviy piramida tashkil etgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

A A A
Qashqadaryoda soxta aksiyalarni pullab moliyaviy piramida tashkil etgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi bir nechta fuqarolar murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazdi. 

Unda T.R. va boshqalar o‘zlarini go‘yoki, “N.” xorijiy kompaniyasining Qashqadaryo viloyatidagi rasmiy vakili sifatida tanishtirib, 17 ta xorijiy kompaniyaning soxta aksiyalarini sotish evaziga  2 ming nafarga yaqin fuqarodan jami 9 mln AQSh dollari yig‘ib olishgan. 

Shuningdek, yanada ko‘proq pul mablag‘ jalb etish hamda mijozlar sonini orttirish maqsadida yig‘ilgan 9 mln AQSh dollaridan 800 ming AQSh dollarini odamlarga foiz hisobida berishgan.

Bundan tashqari, T.R. o‘ziga 78 ming AQSh dollariga “Volkswagen”, o‘g‘li A.N. nomiga 2 ta “Lasetti” rusumli avtomashinasini va Qarshi shahridagi savdo do‘konini sotib olib, jinoiy faoliyatdan olgan daromadlarni legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan T.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 

Kiritildi: 10:57 16.09.2020. O'qildi: 2601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!