Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qashqadaryoda "shanbalik" uchun bir kunlik ish haqi olib kolindimi?

A A A
Qashqadaryoda "shanbalik" uchun bir kunlik ish haqi olib kolindimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «O‘qituvchilarning bir siqimgina maoshiga yopishishni qachon bas qilishadi» nomli murojaat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabati:

Murojaatda keltirilishicha, Koson tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim boshlig‘i A. Tursunovni shanbalik uchun bir kunlik ish haqini o‘tkazish hamda byudet tushumlari, soliq bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish mazmunida berilgan topshiriq yuzasidan ta’lim tashkilotlariga yo‘naltirilganligi aks etgan.

Holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma mas’ullari ishtirokida atroflicha o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6 martdagi 137-F-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash to‘g‘risida Qashqadaryo viloyat hokimi tegishli qarori imzolangan.

Unda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim tashkilotlari xodimlarini bir kunlik ish haqidan majburiy o‘tkazish bo‘yicha biror-bir topshiriq berilmagan.

Bundan tashqari Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ham bir kunlik ish haqidan majburiy to‘latish bo‘yicha ko‘rsatma yoki topshiriq berilmagan.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i U.Oripov hamda Koson tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim boshlig‘i A. Tursunov va mas’ul xodimlar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, A. T. ni g‘ayriqonuniy holatlarga aralashmasligi yuzasidan qat’iy tartibda ogohlantirildi.

Kiritildi: 20:35 03.05.2024. O'qildi: 1986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!