Bugun 2 mart, 2024 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda qizaloqni 7 oy davomida majburan saqlab, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan shaxs ushlandi

Qashqadaryoda qizaloqni 7 oy davomida majburan saqlab, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan shaxs ushlandi

24 noyabr kuni Bolalar ombudsmaniga Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi voyaga yetmagan CH.T. ning murojaati kelib tushdi. Unga ko‘ra, 2009 yilda tug‘ilgan bu qizaloqni 2023 yilning may oyidan 15 noyabr kuniga qadar Shaxrisabz tumani, Xo‘jabog‘ qishlogida yashovchi fuqaro N.A. o‘zining uyida 7 oy davomida majburan saqlab kelib, zo‘rlik va tahdid orqali uni turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni zudlik bilan o‘rganish va voyaga yetmagan CH.T ga nisbatan jinoiy harakatlar sodir etgan shaxslarga qonuniy chora ko‘rish to‘g‘risida Bosh prokuraturaga murojaat qildi.

Viloyat prokuraturasi shu kunni o‘zida hodisani o‘rgandi. Kitob tumani prokurori tomonidan fuqaro N.A ga nisbatan JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan (Odam savdosi, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov guruhi tuzildi va tezkor ravishda tergov harakatlariga kirishildi.

Bolalarga nisbatan bunday mudhish jinoyatni sodir etgan har qanday shaxs qonun oldida javob berishi shart.

Jinoyat ishi Bosh prokuratura va Bolalar ombudsmanining alohida nazoratida❕

Bu og‘ir jinoyatning qurboni bo‘lgan bolaning manfaatlari to‘liq ravishda ta’minlanadi.

Kiritildi: 01:10 25.11.2023. O'qildi: 4226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!