Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qashqadaryoda qalbaki PZR test tayyorlab bergan shaxs ushlandi

A A A
Qashqadaryoda qalbaki PZR test tayyorlab bergan shaxs ushlandi

Qarshi shahrida qalbaki PSR test natijalarini tayyorlab bergan shaxs aniqlandi. Bu haqda IIV Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar qilmoqda.

24 yanvar kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Qarshi shahridagi "Siyaniye Meri" MCHJ rahbari 22 yoshli fuqaro M.S. boshqa bir fuqaroga koronavirusga topshirilgan soxta PZR testini tayyorlab berayotgani aniqlangan. U test uchun fuqarodan 200 ming so‘m olgan.

Jinoyat kodeksining "hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish" moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 19:55 27.01.2022. O'qildi: 1843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!