Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda “Ona va bola tibbiyot klasteri”ni tashkil etish taklif qilindi

A A A
Qashqadaryoda “Ona va bola tibbiyot klasteri”ni tashkil etish taklif qilindi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda bu haqda ta’kidladi.
–Eng muhim yo‘nalish – aholi salomatligi, ayniqsa, onalar va bolalarimiz sog‘lig‘ini muhofaza qilish hisoblanadi.

Avvalambor, bu borada mamlakatimizda ilk bor Qashqadaryoda mutlaqo yangi tizim – “Ona va bola tibbiyot klasteri”ni tashkil etishni taklif qilaman. Bunda viloyatdagi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, perinatal, skrining va reproduktiv salomatlik markazlari hamda tug‘ruq kompleksi birlashtiriladi.

Lo‘nda qilib aytganda, qizlarimizni onalikka tayyorlashdan boshlab, bolaning tug‘ilishi va 18 yoshga yetguncha ko‘rsatiladigan barcha tibbiy xizmatlar bir joyda tashkil etiladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kiritildi: 17:30 11.10.2021. O'qildi: 3880 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!