Joriy yilning 14 may kuni soat 11:15 larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi tuman, Uzunnova qishlog‘idan o‘tuvchi “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.
Ya’ni “Paz 3742” avtobusini boshqarib kelayotgan mast haydovchi yo‘l chetida taksi to‘xtatmoqchi bo‘lib turgan fuqaroni urib yuborgan.
Ma’lum bo‘lishicha 1975 y.t. B.YA. (erkak) shirakayf bo‘lgan haydovchi “Paz 3742” rusumli transport vositasida “KAR-VASH” nomli yoqilg‘i quyish shoxobchasidan qaytib chiqayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda orqaga harakatlanayotganda yo‘lning chetida taksi to‘xtatish maqsadida turgan 1995 y.t. D.R.ni ko‘rmay qolgan.
Natijada, piyoda D.R. (erkak) og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Qarshi tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini, haydovchilar transport vositasini mastlik holatida boshqarmasliklarini so‘rab qolamiz“, deyiladi xabarda