Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qashqadaryoda kollejlar negizida 3 ta namunali kasb-hunar maktablari tashkil etilmoqda

A A A
Qashqadaryoda kollejlar negizida 3 ta namunali kasb-hunar maktablari tashkil etilmoqda

Qashqadaryo viloyatida tugatilish arafasida turgan kollejlar kasb-hunar maktablari va texnikumlarga aylantirilmoqda.
“Nasafnews” muxbirining yozishicha, Shahrisabz agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji, Chiroqchi transport kasb-hunar kolleji, Koson kompyuter texnologiya kasb-hunar kolleji negizida namunali kasb-hunar maktabi tashkil etiladi. G‘uzor neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji esa viloyat bo‘yicha namunali texnikumga aylantiriladi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomilllashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada huquqiy asos bo‘ladi.
Farmonga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida jami 34 ta kasb-hunar maktablari va texnikumlar tashkil etilmoqda. Ulardan 3 tasi professional ta’lim muassasalaridir.
-Namunali kasb-hunar maktablari ro‘yxatida Koson kompyuter texnologiya kasb-hunar kolleji ham bor,- deydi kollej direktori Farhod Xusayinov. Prezident farmoniga ko‘ra, kasb-hunar maktablari 9 -sinfni tamomlagan maktab o‘quvchilarini 2 yillik o‘qishga qabul qiladi. Maktabda boshlang‘ich hunar o‘rgatiladi. Eng qizig‘i kasb-hunar maktablarida o‘quvchilarga stipendiya beriladi, yotoqxona va oziq-ovqat bilan bepul ta’minlanadi. Joriy yilning yoz oylarida qabul boshlansa, 1 sentyabrdan kasb-hunar maktablari ish faoliyatini to‘liq boshlaydi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Qashqadaryodagi 3 ta professional ta’lim muassasalarining o‘quv binolari, yotoqxona, oshxona hamda ustaxonalarining moddiy-texnik bazasini namunali holatga keltirish borasida qurilish-ta’mirlash ishlari boshlangan.

Manba: NNews. uz

 

Kiritildi: 06:15 11.03.2020. O'qildi: 4405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!