Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda ikki qishloq aholisi o‘rtasida janjal chiqdi

Qashqadaryoda ikki qishloq aholisi o‘rtasida janjal chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Dehqonobod tumanidagi ikki qishloq aholisi o‘rtasida janjal yuzaga kelgani, bunga kavrak sabab bo‘lgani haqidagi video tarqaldi.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, vaziyat shu yilning 10 avgust kuni "Tarqopchug‘ay" MFY ga qarashli Bo‘ztepa qishlog‘iga yondosh Sebatli hududida ro‘y bergan.

"Ushbu janjal kavrak shirasini yig‘ish istagida bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar tufayli kelib chiqqan",-deydi boshqarma.

Qayd etilishicha, mazkur masala yuzasidan ayni paytda Ekologiya qo‘mitasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi va tuman bo‘limi, tuman hokimligi, tuman prokuratura, adliya, tuman IIB, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tuman mehnat va bandlik bo‘limi, kadastr palatasining tuman filiali mas’ullari ishtirokida ishchi guruh tashkil etilib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Kiritildi: 17:46 14.08.2022. O'qildi: 4678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!