Bugun 23 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryoda hokim yordamchisi va yetakchi mutaxassis pora bilan qo‘lga tushdi

Qashqadaryoda hokim yordamchisi va yetakchi mutaxassis pora bilan qo‘lga tushdi

⚠️ Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs 1983 y.t. fuqaroga 2019 yilda shahar hokimligi tomonidan ijara shartnomasi asosida berilgan davlat zaxirasidagi 35 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berish evaziga 1000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

➡️ Tergovga qadar tekshiruv davomida hokim yordamchisi 1000 AQSh dollarini shahar hokimligining yetakchi mutaxassisiga berishi kerakligi ma’lum bo‘lib, tezkor tadbir davom ettirildi va u ham ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

📗 Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

💎 Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlarga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

Kiritildi: Bugun 12:04. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!