Eron katta yo‘qotishlarga qaramay, yon bermayapti va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali bosimni kuchaytirmoqda. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
Urushning to‘rtinchi haftasida Eron zarbalarni kuchaytirish va yoqilg‘i yetkazib berishning muhim yo‘nalishini to‘sib qo‘yishga tayanib ish tutmoqda.
Nashr manbalariga ko‘ra, Tehron bu tajovuzni "AQSh va uning ittifoqchilari uchun imkon qadar qimmat urushga aylantirish"ni maqsad qilgan va hujumlar to‘xtatilmaguncha muzokaralarni boshlamoqchi emas.