Qashqadaryo viloyati hududida “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri davomida kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatchilikni oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga 149 ta “Himoya orderi” berildi.
560 ta ov qurollari tekshirilib, 14 ta qoidabuzarlik holati aniqlandi.
Ilgari sudlangan 105 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 59 prim-2-moddasiga ko‘ra 116 nafar, 61-moddasiga ko‘ra 42 nafar, 183-moddasiga ko‘ra 197 nafar, 187-moddasi ko‘ra 245 nafar, 188 prim-2-moddasiga ko‘ra 9 nafar, 206-moddasiga ko‘ra 2 nafar shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortildi.
Jumladan, joriy yilning 8 dekabr kuni viloyat miqyosida olib borilgan tadbir davomida Yakkabog‘ tumani da yashovchi fuqaro elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib, tuman Elektr tarmoqlari korxonasiga jami 63.733.560 so‘mlik zarar yetkazganligi aniqlangan.
Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro tuman “Oziq-ovqat” dehqon bozorida ko‘p miqdorda pirotexnika vositalarini olib yurganligi aniqlandi va tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan prokuratura va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.