Bugun 27 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qashqadaryoda Damas daraga ag‘darilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

A A A
Qashqadaryoda Damas daraga ag‘darilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

4 iyun kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida Damas avtomashinasi daraga ag‘darilishi oqibatida 3 kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘sha kuni soat taxminan 07:20 atrofidaTumanning «Kon» qishlog‘i hududi — Maydanak va Qiziltepa yo‘nalishining 38 kilometrida harakatlanib ketayotgan Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, daraga ag‘darilib ketgan.

Oqibatda avtomashinada bo‘lgan 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Yana 3 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlar bilan tumani shifoxonasiga yuborilgan.

Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati boshchiligida qutqaruvchilar, tuman hokimi va tegishli tashkilot vakillari yetib borib, qutqaruv ishlarni amalga oshirgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:33 04.06.2023. O'qildi: 3188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!