Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qashqadaryoda "Damas" bilan to‘qnashgan "Captiva" yonib ketdi

A A A
Qashqadaryoda "Damas" bilan to‘qnashgan "Captiva" yonib ketdi

Bugun, 12 aprel kuni soat taxminan 11.40 lar atrofida Shahrisabz shahar "Ipak yo‘li" va "Bahodir Tarag‘ay" ko‘chalari chorrahasida Captiva’ va Damas rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan, natijada Captiva’ rusumli avtomashinada yong‘in chiqqan.

Yong‘in oqibatida avtoulovning old qismi zarar ko‘rgan.

Hayriyatki, to‘qnashuv va yong‘in sabab hech kim tan jarohati olmadi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in bo‘yicha xabar soat taxminan 11.47 lar atrofida Shahrisabz shahar FVB ga kelib tushgan, 1 ta qutqaruv bo‘linmasi soat 11.50 larda voqea joyiga yetib borib, yong‘inni 11.57 da to‘liq bartaraf etgan.

Holat yuzasidan tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv jarayoni boshlandi.

Kiritildi: 14:17 12.04.2023. O'qildi: 1950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!