Joriy yilning 17 oktyabr kuni soat 15:40 larda Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Yortepa qishlog‘i xududidan o‘tuvchi M-39 "Toshkent-Termiz" avtomobil yo‘lining 1223-kilometrida haydovchi, 1977 yilda tug‘ilgan O.E. "Nexia" rusumli avtomobilni boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan SH.T. boshqaruvida bo‘lgan "Damas" rusumli avtomobili bilan tuqnashgan.
Natijada, ikkala haydovchi va "Damas" rusumli avtomobili yo‘lovchisi D.E. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan hamda ushbu avtomobilda bo‘lgan yana bir yo‘lovchi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Qamashi tuman IIO FMB xuzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.