Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryoda 4 ta yangi turistik marshrut tashkil etiladi

A A A
Qashqadaryoda 4 ta yangi turistik marshrut tashkil etiladi
Hazrati Sulton tog‘i, Suvtushar sharsharasi, dinozavr izlari va Amir Temur g‘ori ob’ektlari yangi turistik marshrutga aylantiriladi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 fevraldagi “Hisor davlat qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 94-sonli qarorining 3-bandida belgilangan vazifalarga ko‘ra amalga oshiriladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi axborot xizmati ma’lumotiga tayanib «Nasafnews» muxbiri yozmoqda.
-Mazkur hududlarda ziyorat turizmi hamda ekologik turizmni tashkil etish uchun zarur infratuzilma yaratiladi, -deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Nu’mon Rayimqulov. –Shuningdek, hududga investorlar hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlarni jalb etish choralarini ko‘rish ham belgilab berilgan.
Ta’kidlash joizki, yangidan asos solinayotgan turistik marshrutlar yaqinidagi qishloq va mahallalarda oilaviy mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib boriladi. Bu esa Qashqadaryoning so‘lim hamda betakror go‘shalarida tunab qolish istagini bildirgan, shu asnoda milliy an’analarimiz, madaniyatimiz bilan tanishishni istagan xorijiy va mahalliy turistlarga qulay imkoniyatlarni taqdim etadi.
Kiritildi: 06:15 10.03.2020. O'qildi: 1870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!