Byuro organlari tomonidan voyaga yetmagan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida tegishli choralar ko‘rib borilmoqda. Aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan qarzdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar sud organlariga yuborilmoqda.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida 1149 nafar, noyabr oyining o‘tgan 24 kunida 114 nafar, shuningdek, 21-24 noyabr kunlari 60 nafar qarzdorlarga sud hukmi o‘qildi.
Shuningdek, Byuroning G‘uzor tuman bo‘limi tomonidan 14 nafar aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan huquqbuzarlarga nisbatan to‘plangan hujjatlar JIB G‘uzor tuman sudiga yuborilib, MJtKning 47/4-moddasi asosida ko‘rib chiqildi. Sud jarayonida 6 nafar qarzdorlar aliment qarzdorligini to‘laganligi sababli MJtKning 27/1-moddasi 10-bandiga asosan ma’muriy ish tugatildi hamda 1 nafar qarzdorga sud tomonidan muddat berildi, bir nafariga 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Kiritildi: 21:39 29.11.2023.
O'qildi: 1400 marta.
Fikrlar soni: 0 ta.