Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryo viloyatidagi Talimarjon IESda 1 MVt quvvatga ega quyosh fotoyelektr stansiyasi ishga tushirildi

A A A
Qashqadaryo viloyatidagi Talimarjon IESda 1 MVt quvvatga ega quyosh fotoyelektr stansiyasi ishga tushirildi

Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 1,8 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu yiliga 400 ming kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

Shuningdek, quyosh panellarining o‘rnatilishi stansiyaning o‘z ehtiyojlari uchun elektr energiyasini olish imkonini berishi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun: “On Grid” rejimida (elektr energiyasini quyosh batareyalaridan 220 volt va 50 gers tarmoq kuchlanishiga o‘tkazish va tarmoqqa o‘tkazish) ishlaydigan stansiyada 1500 dan ortiq monokristalli panellar o‘rnatildi. .

Kiritildi: 20:26 26.06.2023. O'qildi: 1692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!