O‘zenergoinspeksiya Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Ko‘kdala tumanida yakka tartibdagi tadbirkor Q.S. ga tegishli elektr uskunalari hisoblagichning ulanish sxemasini o‘zgartirib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 953,8 million so‘mlik zarar yetkazilganini ko‘rsatdi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.