Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi qo‘ylarning so‘yilishi bilan bog‘liq holatni o‘rganmoqda

A A A
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi qo‘ylarning so‘yilishi bilan bog‘liq holatni o‘rganmoqda

Joriy yilning 2 yanvar kuni Internet nashrlarida “Qashqadaryo hokimi dalani payxon qilgan qo‘ylarni so‘yishni buyurdi” sarlavha ostida videolavha chop etilgandi. Viloyat prokuraturasi matbuot xizmati bu borada rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Mazkur videolavhada viloyat qishloq xo‘jaligi inspeksiyasi boshlig‘i Akrom Aripov, Nishon tumani IIB boshlig‘i Dilshod Umarov, Ibn Sino hududidagi “Otamurod ota” fermer xo‘jaligi rahbari Sherzod Bobonazarov hamda dalani payhon qilgan 21 bosh qo‘y egasi Abdurashid Azamatov ishtirokida viloyat hokimi topshirig‘iga ko‘ra, g‘alla maydonini payxon qilingani uchun fermer xo‘jaligi rahbari va payxon qilgan qo‘y egasiga tegishli 1 tadan (jami 2 bosh) qo‘yni so‘yib, kam ta’minlangan oilalarga tarqatilishi holati aks ettirilgan. 

Mazkur holat Nishon tumani prokuraturasining “Shakl-1” kitobiga ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda xizmat tekshiruvi tayinlangan bo‘lib, tarqatilgan vediolavhaning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar o‘rganilmoqda.

O‘rganish natijalari har tomonlama qonun doirasida ko‘rib chiqilib, qonuniy qaror qabul qilinishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

 

Kiritildi: 12:07 03.01.2020. O'qildi: 2228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!